Yevro—2020 yo‘lida. Italiya safarda Finlyandiyadan ustun keldi, Ispaniya esa yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
Yevro—2020 yo‘lida. Italiya safarda Finlyandiyadan ustun keldi, Ispaniya esa yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasi saralash bosqichi 6-turi doirasida 8-sentabr, yakshanba kuni guruhlarda 8 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

“F” guruhidan o‘rin olgan bahsda Robert Moreno boshqaruvidagi Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Farer orollari termasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ispaniyalik hujumchi Rodrigo 13 hamda 50-daqiqalarda ikki bor raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 89 va 90-daqiqlarda esa “Borussiya Dortmund” a’zosi Pako Alkaser ham o‘z nomiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa ispanlar o‘z uyida Farer orollari jamoasi ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Ispaniya ochkolari sonini 18 taga yetkazib oldi va guruhda yetkachilik qilmoqda. So‘nggi o‘rinda borayotgan Farer orollari vakillari esa birorta ham ochko yig‘a olmadi.

“F” guruhidagi holat:

Shu kuni “J” guruhida Roberto Manchini boshqaruvidagi Italiya termasi safarda Finlyandiyaga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 59-daqiqasida Italiya termasi hujumchisi Chiro Immobile hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqaga kelib hakam tomonidan italyanlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan “Norvich” a’zosi Teyemu Pukki unumli foydalandi. Oradan yetti daqiqa o‘tib italiyalik yarim himoyachi Jorjinyo penaltidan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va Italiya mehmonda Finlyandiya ustidan g‘alabaga erishib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, Italiya terma jamoasi 18 ochko jamg‘arib, guruhda peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda borayotgan Finlyandiya hisobida 12 ochko mavjud.

“J” guruhidagi holat:

Yevro—2020

Saralash bosqichi

6-tur bahslari

8-sentabr, yakshanba

“D” guruhi

Gollar: 1:0 – 37 Zakariya, 2:0 – 43 Mehmedi, 3:0 – 45 Rodriges, 4:0 – 87 Gavranovich

“F” guruhi

Gol: 1:0 — 47 Pushkash

Gollar: 1:0 — 13 Rodrigo, 2:0 — 50 Rodrigo, 3:0 — 89 Pako Alkaser, 4:0 — 90 Pako Alkaser

Gollar: 0:1 — 45 Yuxansen, 1:1 — 60 Forsberg

“J” guruhi

Gollar: 1:0 — 3 Mxitaryan, 1:1 — 13 Jeko, 2:1 — 66 Mxitaryan, 2:2 — 70 Goyak, 3:2 — 77 Ambarsumyan, 4:2 — 90, avtogol Lonchar

Gollar: 0:1 — 59 Immobile, 1:1 — 72, penalti Pukki, 1:2 — 79, penaltiJorjinyo

Gollar: 1:0 – 33 Masuras, 1:1 – 85 Salanovich

xit․uz rss
3 months ago
Lignoom.com © 2019