Artel televizorlari bilan to‘rt karra ko‘proq rohat
Artel televizorlari bilan to‘rt karra ko‘proq rohat

31-avgust kuni yangi Artel televizorlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi televizorlar (43AU20H, 50AU20H, 55AU20H) ultratiniq 4K formatidagi ekranlarga ega bo‘lib, sevimli ko‘rsatuvlaringizni tomosha qilayotganingizda sizga o‘zgacha rohat baxsh etadi.

Google Assistant

Smart – televizorlar ixtiro qilinishi bilan barcha sevimli ko‘rsatuvlarni onlayn tomosha qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu qulaylik yaratgan bo‘lsa-da, bir qator noqulayliklarni ham yuzaga keltirdi. Masalan, birinchi Smart — televizorlarda pult yordamida sevimli film va ko‘rsatuvlarni nomini yozish ancha noqulay bo‘lib, ko‘p vaqt talab etgan. Hatto televizorlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan simsiz klaviatura va pultlar ham iste’molchilarga to‘liq qulaylik baxsh eta olmadi. Yangi Artel televizorlarida o‘rnatilgan Google Assistant sizga beqiyos qulaylik ato etadi. Endilikda sevimli kino va ko‘rsatuvlaringizni qidirguncha hech narsa yozish shart emas! Atigi bitta tugmani bosgan holda lozim bo‘lgan film nomini ayting va tovushli yordamchingiz uni sizga topib beradi. Google Assistant — tovushli yordamchi bilan televizoringiz barcha buyruqlaringizni bir zumda va eng asosiysi o‘zbek tilida bajaradi! Televizorda o‘zingizga mos tilni tanlang va yangi yordamchingizdan rohat bilan foydalaning.

AndroidTV 9.0

Artel kompaniyasi Google bilan hamkorlik qilishni boshladi. Yangi hamkorlik taniqli kompaniya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish yuritishga va Artel televizorlariga bugungi kunda eng zamonaviy bo‘lgan operatsion tizimlarni o‘rnatishga keng imkoniyatlar yaratadi. Alohida ta’kidlash lozimki, yangi televizorlarda o‘rnatilgan AndroidTV 9.0 operatsion tizimi hatto ayrim smartfonlarda o‘rnatilgan operatsion tizimdan ham zamonaviyroq. AndroidTV 9.0 tizimning yana bir ustunligi shundaki, unda televizordan qulaylik bilan foydalanish uchun lozim bo‘lgan barcha Google ilovalari va asosiysi Google Play Market o‘rnatilgan. Google Play Market bilan Artel televizoringizda millionlab ilovalar, o‘yinlar va musiqadan bahra oling.

Muhim yangiliklardan yana biri, 2019-yil oxirigacha Artel kompaniyasi ishlab chiqarayotgan barcha Smart modelidagi televizorlarga yangi operatsion tizimni tatbiq etishni rejalashtirgan.

Texnik tafsilotlar

Yangi Artel televizorlari zamonaviy smartfonlarga deyarli tan bermaydi. 2,25 gigabayt operativ xotiraga ega bo‘lgan Artel televizorlari deyarli barcha zamonaviy ilovalardan qulaylik bilan foydalanishga imkon beradi. Ularda o‘rnatilgan 4 yadroli Mediatek protsessori esa ilovalardan foydalanayotganda qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Aytish joizki, Artel televizorlariga 16 gigabaytgacha flesh xotira o‘rnatish mumkin.

4K Ultra HD — To‘rt karra tiniqroq

Yangi Artel televizorlarining ekran diagonali 43 dyuym (109 sm), 50 dyuym (127 sm) va 55 dyuymni (139 sm) tashkil etadi. Qizig‘i shundaki, hatto 43 dyuym diagonalga ega bo‘lgan yangi Artel televizorlari aqlbovar qilmaydigan 4K Ultra HD formatidagi ekranga ega. 3840x2160 ekran o‘lchamiga ega Ultra HD formati dunyodagi eng tiniq formatlardan biri hisoblanadi. Ushbu ekranlar shunchalik tiniqki, hatto o‘ta yaqin masofadan ham ekrandagi tasvir o‘z jozibadorligini yo‘qotmaydi.

Yangi Artel televizorlari milliy elektronika ishlab chiqarish sohasida innovatsiya desa hech mubolag‘a bo‘lmaydi. AndroidTV 9.0 operatsion tizimda ishlovchi ushbu televizorlarni nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ham eng zamonaviylardan biri deb atash mumkin. Yangi Artel televizori bilan sevimli ko‘rsatuvlaringizdan to‘rt karra ko‘proq bahra olishga shoshiling!

xit․uz rss
1 months ago
Lignoom.com © 2019