Aziza Umarova parlament saylovlarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi
Aziza Umarova parlament saylovlarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi

Davlat boshqaruvi sohasidagi mutaxassis Aziza Umarova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun saylovda ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bayon qildi.

“Menda siyosatga o‘ta berilib ketishlik, siyosatparastlik yo‘q. Shuningdek, deputat bo‘lish niyatim ham yo‘q, chunki nomzodlar borasida oldingi saylovlarga nisbatan jiddiy siljishlar bo‘lishiga ishonchim komil emas. Sizlar qatori men ham umrim davomida o‘zim saylagan birorta deputatni bilmaganman, yuzma-yuz kelmaganman, nima bo‘libdi, yashayapmiz-ku!”, — degan u.

Aziza Umarovaning aytishicha, o‘tgan oylar mobaynida partiya hali biror bir yig‘ilishiga chaqirgani yo‘q. Nomzodlarning tayinlanish jarayoni mavhum. Ma’lumot to‘plash va axborot hujumlari tushunarsiz bo‘lmoqda. Bularning barchasi behuda narsalar.

“Umid bildiramanki, hech bo‘lmaganda bir nechta munosib faol insonlarga imkon beriladi. Masalan, Kusherbayev kabilarga. Hech bo‘lmaganda 10 nafar shunday insonga yo‘l ochilganda edi...”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Shuningdek, bo‘lajak deputatlardan ijtimoiy himoya, qishloq xo‘jaligi va ta’lim borasidagi islohotlarga e’tibor berishni so‘ragan.

xit․uz rss
1 months ago
Lignoom.com © 2019