Namanganda Tojikiston harbiylari bilan hamkorlikda “Markaz – 2019” doirasida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkaziladi
Namanganda Tojikiston harbiylari bilan hamkorlikda “Markaz – 2019” doirasida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkaziladi

16—21-sentabr kunlari “Markaz – 2019” yirik masshtabdagi strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari o‘tkaziladi. Mashqlarda yetti mamlakat – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning harbiy kontingenti qantnashadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mashqlarning birinchi bosqichida Namangan viloyatida joylashgan “G‘urumsaroy” poligonida O‘zbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari “Markaz – 2019” yirik ko‘lamdagi strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari doirasida hamkorlikdagi qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.

Besh kun davom etadigan mashg‘ulotlarda Tojikiston Qurolli Kuchlaridan ikki yuzga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etadi, shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa vazirligining bir qator bo‘linmalari va harbiy boshqaruv organlarining harbiy xizmatchilari qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Namangan viloyatining tog‘li hududlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar davomida shartli terrorchilar yo‘q qilinishi rejalashtirilgan.

O‘quv mashg‘ulotlarining ikkinchi bosqichida esa O‘zbekiston va Tojikiston Qurolli Kuchlari harbiy kontingenti hamkorlikdagi harakatlarini Rossiyaning Orenburg viloyatida joylashgan “Donguz” poligonida amalda qo‘llashi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston harbiy xizmatchilari hamkorlikda 2018-yilning 18—22-sentabr kunlari Tojikistonning “Chorrux-Dayron” o‘quv markazi va “Nurafshon” poligonida ham hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazilgan edi.

xit․uz rss
1 months ago
Lignoom.com © 2019